60% gacha chegirma, ulgurib qoling!

Ommaviy oferta

«beemall.uz»

  1. Huquqiy asoslar
  2. Atamalar ta‘rifi
  • Umumiy qoidalar
  1. Tovar narxi
  2. Shartnomani rasmiylashtirish jarayoni
  3. Tomonlarning huquq va majburiyatlari
  • Buyurtmani rasmiylashtirish
  • Tovarni yetkazish va topshirish
  1. Tovarni qaytarish va almashtirish
  2. To‘lov usullari
  3. Fors-major
  • Tomonlar javobgarligi
  • Boshqa shartlar
  • Sotuvchi rekvizitlari

beemall.uz” ommaviy ofertasi

Mazkur shartnoma Beemall ommaviy Oferta (keyingi o‘rinlarda – Shartnoma) bo‘lib, Beemall bilan ushbu ofertada belgilangan shartlar asosida mazkur xarid-sotuv shartnomasini tuzish layoqatiga va kerakli vakolatlarga ega bo‘lgan har qanday jismoniy va yuridik shaxsga qaratilgan. Ushbu ofertada shartnomaga tegishli barcha muhim shartlar ko‘zda tutilgan.

I. HUQUQIY ASOS

1.1. Oferta O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, “Elektron tijorat haqida”gi qonunlar va https://beemall.uz  internet-manzili bo‘yicha Beemall rasmiy Internet-do‘konida taqdim etilgan elektron tijorat shaklidagi tovarlar (ish, xizmat) realizatsiyasini tartibga soluvchi boshqa normativ-huquqiy aktlarga muvofiq ishlab chiqilgan.

1.2. Elektron tijorat shaklida amalga oshiriladigan ulgurji va chakana savdo 2002 yil 26 noyabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 407-sonli qarori bilan tasdiqlangan ulgurji va chakana savdo faoliyatini amalga oshirish tartibi haqidagi Nizomi, 2003 yil 13 fevralda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 75-sonli qarori bilan tasdiqlangan chakana savdo Qoidalari va 2016 yil 02 iyunda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan elektron tijorat faoliyatini amalga oshirish Qoidalari bilan tartibga solinadi.

1.3. Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish yo‘nalishidagi munosabatlar O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, 1996 yil 26 aprelda qabul qilingan 221-I-sonli “Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni va boshqa normativ-huquqiy aktlar bilan nazorat qilinadi.

II. ATAMALAR MAZMUNI

2.1. Mazkur ofertada, agar kontekst boshqa shartlarni talab qilmasa, quyida keltirilgan atamalar quyidagi mazmunga ega va uning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi:

Aksept — huquqiy oqibatlarga ega bo‘lgan taklifda keltirilgan shartlar asosida shartnoma tuzishga oid taklif (oferta) bilan rozilik.

Internet-do‘kon saytida tovarni buyurtirish –  Beemall Internet-do‘konining https://beemall.uz  manzilidagi sayti yoki  (94) 388 37 57 telefon raqami bo‘yicha Tovarni sotib olish arizasini arizasini rasmiylashtirish paytida sotuvga qo‘yilgan Tovar assortimentidan Xaridor ko‘rsatgan pozitsiyalar.

Internet-magazin —  Sotuvchi «Beemall ning quyidagi manzilda joylashgan rasmiy Internet-do‘koni: https://shopi.uz

Oferta — bir, bir nechta muayyan yoki nomaʼlum shaxslar doirasiga qaratilgan, hujjatda ko‘rsatilgan shartlarda shartnoma tuzishga istak bildirgan har qanday shaxs bilan taklif qiluvchining (oferent) shartnomani rasmiylashtirish istagini anglatuvchi va unga oid barcha muhim shartlarni o‘z ichiga olgan taklif.

Sotuvchi Beemall.

Xaridor — mazkur oferta shartlarida ommaviy ofertani qabul qilgan, yakuniy isteʼmolchiga mo‘ljallangan axborot tizimlaridan foydalanib tovar (ish, xizmat) xarid qiluvchi har qaysi jismoniy shaxs (O‘zbekiston rezidentlari va norezidentlari).

Tovar— tomonlar kelishuvining obyekti, quydiga manzil bo‘yicha joylashgan Beemall Internet-do‘konidagi taqdim etilgan assortinmentdagi nomlar:  https://beemall.uz

Elektron tijorat ishtirokchisi — elektron tijoratda tovarlar (ish, xizmat) Sotuvchisi yoki Xaridori hisoblangan jismoniy shaxs.

III. UMUMIY QOIDALAR

3.1. Internet-do‘kon saytida joylashtirilgan Tovarning Xaridor tomonidan buyurtma qilinishi Xaridor mazkur Ofertaning barcha shartlari bilan roziligani anglatadi va Oferent shartnomasidagi shartlarning bevosita aksepti hisoblanadi.

3.2. Internet-do‘kon saytining maʼmuriyati Xaridorni ogohlantirmasdan Ofertaga o‘zgartirish kiritish huquqiga ega. Amaldagi Ofertaga o‘zgartirish kiritilgan taqdirda, o‘zgarishlar saytdagi rasmiy nashrdan keyin kuchga kiradi.

3.3. Agar Internet-do‘kon saytida boshqa shartlar ko‘rsatilmagan bo‘lsa, Ofertaning amal qilish muddati cheklanmagandir.

3.4. Sotuvchi Xaridorga tovar haqida shartnomaning barcha muhim shartlari bilan bir qatorda to’liq va ishonchli ma’lumotni, shu jumladan Tovarning asosiy iste’mol xususiytlari, ishlab chiqarish joyi kabi axborotlarni taqdim etadi. Bundan tashqari Sotuvchi quyidagi internet manzilada joylashgan Beemall saytida Tovarning kafolati va yaroqlilik muddati haqidagi axborotni ko’rsatish huquqiga egadir: https://shopi.uz

IV.TOVAR NARXI

4.1. Tovarning har bitta pozitsiyasiga belgalangan narx quyidagi manzildagi Internet-do‘kon saytida ko‘rsatilgan: https://beemall.uz

4.2. Tovar narxi bir tomonlama bahssiz tartibda belgilanadi va Internet-do‘kon sahifalarida ko‘rsatiladi.

4.3. Tovar narxi O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasi – so‘mda ko‘rsatiladi.

4.4. Muayyan Tovar uchun shartnoma tuzish taklifi Tovar Sotuvchida mavjud bo‘lgan davr mobaynida amal qiladi. Tovarning Sotuvchining internet-saytida ko‘rsatilishi uchun mavjudligini kafolatlamaydi. Agar Xaridorlardan muayyan Tovarlarni 100% oldindan to‘lov bilan sotib olish arizasi qabul qilingan taqdirda, ammo mazkur Tovar Sotuvchiga bog‘liq bo‘lmagan sabablar tufayli mavjud bo‘lmasa, Xaridorga quyidagi variantlarni (shartlarni) tanlash taklif etiladi:

– Oldindan to‘lovni to‘liq qaytarish;

– Yetkazib berishga oid yangi muddatlarni o‘z ichiga olgan yangi oferta;

– Avvalroq Xaridor 100% miqdorda kiritgan oldindan to‘lov miqdoriga qarab qo‘shimcha to‘lov yoki pulning maʼlum qismini qaytarish sharti bilan mavjud bo‘lgan boshqa Tovar assortimentini tanlash.

4.5.  Sotuvchi bir tomonlama tartibda Tovarning har qanday pozitsiyasiga tegishli narxni o‘zgartirish huquqiga egadir. Bunda yangi (o‘zgargan) narxlar saytdagi rasmiy nashr sanasidan boshlab kuchga kiradi.

4.6. Sotuvchi Xaridor tomonidan to‘lov qilingan Tovar uchun narxni o‘zgartirishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

4.7. Agar buyurtma qilingan Tovarning narxi o‘zgargan taqdirda, Sotuvchi 24 soat davomida Tovar narxi o‘zgarishi haqida Xaridorni ogohlantirish majburiyati oladi. Agar Tovar narxi Sotuvchi tomonidan Buyurtma rasmiylashtirilgan keyin o‘zgargan bo‘lsa,  Xaridor Tovarni sotib olish harakatini tasdiqlash yoki bekor qilish huquqiga ega.

4.8. Pul mablag‘lariga Sotuvchiga 100% miqdorda kelib tushgandan keyin Xaridorning to‘lovga oid majburiyatlari bajarilgan deb hisoblanadi.

4.9. Sotuvchi Tovarni yetkazib berish narxini Internet-do‘kon saytida yoki buyurtmani rasmiylaytirish paytida Operator orqali maʼlum qiladi.

4.10. Tovar uchun Sotuvchi va Xaridor o‘rtasidagi hisob-kitoblar Internet-do‘kon saytida ko‘rsatilgan usullar orqali amalga oshiriladi.

V. SHARTNOMANI TUZISH VAQTI

5.1. Ushbu Shartnomaning matni ommaviy oferta hisoblanadi (O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi  369-moddasining 2-qismi va 426-moddasiga muvofiq)

5.2. Xaridor roziligi asosida tuziladigan mazkur oferta Shartnomasi rozilik shartnomasi hisoblanib, Xaridor uning shartlariga hech qanday istisno va/yoki bahonalarsiz rozilik bildiradi.

5.3. Saytda grafik tasvir-namunalar orqali taqdim etilgan Tovarlar va xizmatlar internet-do‘kon mulkidir.

5.4. Monitorlar har xil texnik xususiyatlarga ega bo‘lgani bois, Tovar rangi saytda ko‘rsatilganidan farq qilishi mumkin.

5.5. Tovarning tashqi ko‘rinishi va xususiyatlari saytda taʼriflanganidan farq qilishi mumkin.

5.6. Xaridor iltimosiga ko‘ra internet-do‘kon menejeri (telefon yoki elektron pochta orqali) Xaridor tovarni sotib olish qarorini qabul qilish uchun uning nuqtai nazarida yetarli hisoblangan maʼlumotni taqdim etish huquqiga ega.

5.7. Xaridor tomonidan buyurtmaning rasmiylashtirilishi uning ushbu Shartnoma shartlarini so‘zsiz qabul qilinishini anglatadi.

5.8. Sotuvchining internet-do‘konidan tovar xarid qilgan (buyurtma rasmiylashtirgan) Xaridor ushbu Shartnoma shartlarida Sotuvchi bilan munosabatga kirgan shaxs sifatida qaraladi.

VI. TOMONLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

6.1. Sotuvchining majburiyatlari:

6.1.1. Ushbu Shartnoma tuzilgan vaqtda boshlab Xaridor oldida barcha majburiyatlarni mazkur shartnomaga va amaldagi qonunchilikka muvofiq to‘liq bajarilishini taʼminlash.

6.1.2. Xaridorning shaxsiy maʼlumotlarini qayta ishlash va ularning maxfiyligini O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida o‘rnatilgan tartibda taʼminlash.

6.1.3 Xaridorga (https://beemall.uz) Internet-do‘konining saytida ko‘rsatilgan telefonlar orqali bepul telefon maslahatlarini olish imkoniyatini taqdim etish. Maslahatlar hajmi Buyurtmaning bajarilishi va Tovar xususiyatlariga oid aniq savollar bilan cheklanadi.

6.1.4 Maʼlumot ruxsat berilgan tarzda kirish urinishlarini va/yoki uning Buyurtmalarning bajarilishiga bevosita aloqador bo‘lmagan shaxslarga uzatish harakatlarini oldini olish, bunday faktlarni o‘z vaqtida aniqlash va to‘xtatish.

6.2. Sotuvchining huquqlari:

6.2.1. Mazkur shartnomani, Tovar narxlari va yondosh xizmatlarga belgilangan Tariflarni, to‘lov va tovarni yetkazib berish usullari va muddatlarini Internet-do‘konning quyidagi manzilda joylashgan sahifalarida eʼlon qilish orqali  o‘zgartirish: https://beemall.uz

6.2.2. Barcha o‘zgarishlar Oferta shartlarida keltirilgan muddatlarda nashrda keyin kuchga kiradi va shunday nashr bilan Xaridor eʼtiboriga yetkazilgan hisoblanadi.

6.2.3. Xaridor bilan kechadigan telefon suhbatlarini yozib borish.

6.2.4. Xaridor roziligisiz o‘z huquqlari va Shartnoma ijrosiga oid majburiyatlarini uchinchi shaxsga uzatish.

6.2.5. Axborot vositachilariga elektron hujjatlar va elektron xabarlarni saqlash uchun uzatish.

6.2.5. Mazkur Shartnomaning XI bobida ko‘rsatilgan yengib bo‘lmas hodisalar taʼsirida yuz bergan vaziyatlarda Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaslik, shu bilan birga, ushbu shartnomaning 4.4 bandiga muvofiq majburiyatlarni bajarish shartlarini o‘zgartirish.

6.2.5. Agar biror uzrli sabablarsiz Xaridor unga avvalroq u yoki uchinchi shaxs (Xaridor transport-eskpeditsiya xizmatlarini ko‘rsatishga oid shartnomani imzolagan yuridik shaxs) bilan Tovarni yetkazib berish bilan shug‘ullanadigan  bilan kelishilgan manzilga (hududga) belgilangan muddatlarda yetkazib berilgan buyurtma qilingan Tovar uchun to‘lovni amalga oshirmasa yoki uni qabul qilmasa, Sotuvchi bir tomonlama tartibda shartnomani bekor qilish va Xaridordan yetkazilgan zararni qoplab berishni talab qilish huquqiga egadir.

6.2.6. Agar Xaridor avval buyurtma berib unga to‘lovni amalga oshirmagan, Tovar yetkazib berilgan paytda buyurtmani rad etgan, yetkazib berilgan Tovarni qabul qilmagan, yoki Sotuvchi Xaridor ko‘rsatgan maʼlumotlarning ishonchliligiga shubha bilan qarasa, Sotuvchi sabablarni tushuntirmagan holda Xaridorning buyurtmasini qabul qilish va bajarishni rad etish huqiqiga ega.

6.2.7. Agar Sotuvchida Xaridor buyurtmani rasmiylashtirish jarayonida to‘ldirgan maʼlumot haqiqatga mos kelmasligi yoki to‘liq taqdim etilmagani borasida asoslar paydo bo‘lsa, shuningdek, haqoratomuz va/yoki noo‘rin munosabat kuzatilgan taqdirda, Sotuvchi Xaridorning buyurtmasining qabul qilinishini vaqtincha yoki doimiy asosda rad etish huquqiga ega.

6.3. Xaridorning majburiyatlari:

6.3.1. Shartnoma tuzishdan avval uning mazmuni va shartlari, Sotuvchi internet do’konda taklif qilayotgan Tovar narxlari, shuningdek quyidagi internet-manzilada joylashgan internet do’kon sahifalaridagi boshqa shartlar bilan tanishib chiqish: https://shopi.uz

6.3.2. Sotuvchi Xaridor oldidagi majburiyatlarini bajarishi uchun Xaridor mazkur Ofertaning 7.2 bandida  ko‘rsatilgan va agar tovar yetkazib beriladigan taqdirda uni Xaridorga yetkazib berish uchun talab etiladigan barcha zaruriy maʼlumotlarni taqdim etishi lozim.

6.3.3. Buyurtma qilingan Tovar va uning yetkazib berilishiga oid to‘lovni mazkur hujjat shartlarida amalga oshirish.

6.3.4. Bahslarning oldini olish uchun buyurtmani rasmiylashtirish paytida Sotuvchi o‘z internet-do‘konida taqdim etgan maʼlumot bilan tanishish.

6.3.5. Internet-saytda buyurtma qilingan tovarni tadbirkorlik maqsadlarida ishlatmaslik.

6.3.6. Sotuvchidan yoki uchinchi shaxsdan (Sotuvchi transport-ekspeditsiya xizmatlarini ko‘rsatish uchun tovarni yetkazib berish bo‘yicha xizmatlarni taqdim qiluvchi yuridik shaxs) avvalroq kelishilgan manzilga (hududga) eltilgan buyurtma qilingan Tovarga to‘lovni amalga oshirish va uni qabul qilish.

VII. BUYURTMANI RASMIYLASHTIRISH

7.1. Tovarga Xaridor https://beemall.uz  manzilidagi internet-do‘kon saytida buyurtma beradi. Xaridor tovarning mavjudligini va u haqidagi boshqa batafsil maʼlumotlarni sayt operatoridan (90) 388-37-57 telefon raqami bo‘yicha aniqlashtirishi lozim.

7.2. Internet-do‘kon saytida ro‘yxatda o‘tish paytida Xaridor quyidagi registratsion maʼlumotlarni taqdim etishi talab etiladi:

7.2.1. Xaridorning yoki u ko‘rsatgan shaxsning (oluvchining) familiyasi, ismi, otasining ismi, yoshi;

7.2.2. Tovar yetkazib beriladigan manzil (agar Tovar Xaridorga yetkazib beriladigan bo‘lsa);

7.2.3. Elektron pochta manzili;

7.2.4. Aloqa uchun telefonlar.

7.3. Xaridor tanlagan Tovarning nomlanishi, miqdori, assortiment, artikul va narxi Internet-do‘kon saytidagi Xaridor savatchasida ko‘rsatiladi.

7.4. Agar Sotuvchiga qo‘shimcha maʼlumot kerak bo‘lsa, u uni Xaridordan so‘rash huquqiga ega. Agar Xaridor kerakli maʼlumotni taqdim etmasa, Sotuvchi Xaridor tanlagan Tovar uchun javobgar hisoblanmaydi.

7.5. Xaridor tomonidan mazkur Ofertaning qabul etilishi Internet-do‘kon saytidagi registratsion shaklga mos maʼlumotlarni kiritish yoki Operator yordamida Buyurtmani rasmiylashtirish orqali amalga oshiriladi. Buyurtma Operator yordamida rasmiy rasmiylashtirilgach, Xaridor haqidagi maʼlumotlar Sotuvchining axborotlar bazasida ro‘yxatga olinadi. Tanlangan Tovarning buyurtmasini tasdiqlab, Xaridor ushbu Shartnomaning 7.2 bandida ko‘rsatilgan tartibga binoan  Operatorga kerakli maʼlumotni taqdim etadi.

7.6. Sotuvchi Xaridor buyurtmani rasmiylashtirish paytida taqdim qilgan maʼlumotlarning mazmuni va ishonchililigi uchun javob bermaydi.

7.7. Xaridor buyurtmani rasmiylashtirish paytida taqdim qilgan maʼlumotlarning mazmuni va ishonchililigiga to‘liq javobgardir.

7.8. Sotuvchi va Xaridor o‘rtasida masofadan tuziladigan xarid-sotuv shartnomasi Buyurtma rasmiylashtirilgan paytdan boshlab tuzilgan hisoblanadi.

VIII. TOVARNI YETKAZIB BERISH VA TOPSHIRISH

8.1. Sotuvchi Xaridorga Internet-do‘kon saytining “To’lov va yetkazib berish” bo‘limida ko‘rsatilgan usullar orqali Tovarni yetkazib berishga oid xizmatlarini ko‘rsatadi.

8.2. Agar Tovarga oid masofaviy xarid/sotuv shartnomasi tovarni xaridorga yetkazib berish sharti bilan tuzilsa, sotuvchi Tovarni xaridor tomonidan ko‘rsatilgan manzilga Shartnomada belgilangan muddat ichida yetkazib berishga , Xaridor yetkazish manzilini ko‘rsatmagan taqdirda, Xaridorni ogohlantirgan holda uning yashash yoki ro‘yxtaga olingan manziliga yetkazishga majburdir.

8.3. Tovarni yetkazib berish manzilini Xaridor Tovarni sotib olish Buyurtmasini rasmiylashtirish paytida “To’lov va yetkazib berish” bo‘limida ko‘rsatadi.

8.4. Tovarni Xaridorga yetkazib berish muddati buyurtmani qayta ishlash va yetkazish muddatlaridan tashkil topadi.

8.5. Sotuvchi Tovarni yetkazib berish narxini Internet-do‘kon saytida yoki buyurtmani rasmiylaytirish paytida Operator orqali maʼlum qiladi.

8.6. Sotuvchi  tovarlarni topshiradi, Xaridor ularni qabul qiladi va ushbu Shartnomadagi shartlarda tovar uchun to‘lovlarni amalga oshiradi. Tovar Xaridorga topshirilgandan va unga to‘liq miqdorda pul to‘langandan keyin Buyurtirilgan Tovarlarga egalik huquqi Xaridorga o‘tadi. Tovar Xaridorga topshirilgandan keyin Tasodifiy o‘lim yoki Tovarning shikastlanish xavfi Xaridor masʼulligiga o‘tadi.

IХ. TOVARLARNI QAYTARISH VA ALMASHTIRISH

9.1. Maqbul sifatdagi tovarlar:

9.1.1. Xaridor egaligiga topshirilgan tovar ushbu Shartnomaning 8.6 bandiga binoan qaytarib olinmaydi yoki almashtirib berilmaydi.

Sotuvchi tovar Xaridor egaligiga topshirilgandan keyin uch kun ichida mazkur Shartnomaning  8.6 bandiga binoan oziq-ovqatga aloqador bo‘lmagan maqbul sifatdagi tovarni agar shunday tovar sotuvda bo‘lmasa, u xarid qilingan yerda boshqa shunga o‘xshash tovarga almashtirib berishga haqlidir.

9.1.2. Xaridorning tovarni almashtirish yoki qaytarishga oid talabi quyidagi hollarda qanoatlantiriladi:

– tovar foydalanishda bo‘lmagan;

– uning tovarga xos ko‘rinishi, isteʼmol xususiyatlari, plomba va yorliqlari saqlangan;

– tovarning xaridini tasdiqlaydigan hujjat (tovar yoki kassa cheki) saqlangan;

9.1.3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 13 fevralda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi chakana savdo Qoidalariga oid 75-sonli qarorining 1-ilovasiga binoan maqbul sifatdagi tovarlar qaytarib olinmaydi.

9.1.4. Qaytarish arizasini qabul qilish va tovarni qaytarib olish amaliyotni Sotuvchining “Yetkazish xizmati” orqali amalga oshiriladi, buning uchun:

–  “Kontaktlar” bo‘limida ko‘rsatilgan telefonlar orqali internet-do‘konga qo‘ng‘iroq qilish;

– «Qaytarish arizasi»ni chop etish va to‘ldirish;

– Qaytarish arizasiga tovar yoki kassa chekini ilova qilish.

9.2. Nomaqbul sifatdagi tovarlar:

9.2.1. Nuqsonli tovar sotilgan Isteʼmolchi agar kamchilikllar kafolat muddati yoki yaroqlilik muddati davomida aniqlansa, u Tovarni ishlab chiqargan kompaniyaning servis markaziga murojaat qilish huquqiga egadir.

Mazkur Shartnoma bo‘yicha xarid qilingan Tovarning servis xizmati faqat Tovarni ishlab chiqargan kompaniyaning vakolatli shaxslari, servis markazi mutaxassislari tomonidan ushbu servis markazning ichki nizomiga muvofiq ko‘rsatiladi.

9.2.2.  Nuqsonli tovar (kafolat muddati o‘rnatilmagan tovarlar) sotilgan Isteʼmolchi agar kamchilikllar bir oy davomida aniqlansa, Sotuvchi  (Sotuvchi majbur emas)—– tekshiruv natijalari bo‘yicha servis xizmatlarini ko‘rsatuvchi vakolatli texnik xizmat tomonidan Tovar nuqsonlarining sabablari haqida dalolatnoma tuziladi:

– tovardagi kamchiliklarni bepul bartaraf etish yoki isteʼmolchi yoki uchinchi shaxs tomonidan tovarni tuzatishga sarflangan xarajatlarni qoplash;

– xarid narxining mutanosib tarzda tushirilishi;

9.3.2. Tovardagi kamchiliklarni bartaraf etish va nuqsonli tovarni almashtirib berish tartibini Sotuvchi mustaqil tarzda belgilaydi.

9.4.2. Kafolat muddati tugagach, Xaridor Sotuvchiga eʼtiroz bildirish huquqiga ega bo‘lmaydi.

Х. TO‘LOV USULLARI

10.1. Xaridor to‘lovni quyidagi usullar bilan amalga oshirishi mumkin:

– naqd pul bilan;

– bank plastik kartasi bilan;

– Quyidagi internet manzilda ko‘rsatilgan to‘lov tizimlari orqali to‘lash bilan: https://beemall.uz

– naqdsiz hisob-kitob (yuridik shaxslar uchun).

10.2. To‘lov usullari haqidagi yana-da batafsil maʼlumot bilan internet-saytning “To‘lov usullari” bo‘limida tanishishingiz mumkin.

XI. FORS-MAJOR

11.1. Agar mazkur shartnomada ko‘zda tutilgan majburiyatlarni bajarmaslik holati u imzolangandan keyin sodir bo‘lgan yengib bo‘lmas hodisa natijasida yuz bergan bo‘lsa, tomonlar majburiyatlarni qisman yoki to‘liq bajarmaganlari uchun javobgarlikdan ozod etiladilar.

11.2. “Yengib bo‘lmas hodisalar” deganda maʼlum Tomon unda mavjud vositalar yordamida oldindan ko‘rolmagan yoki bartaraf etolmagan favqulodda voqealar yoki vaziyatlar tushuniladi. Bunday favqulodda voqealar yoki vaziyatlar, jumladan: ish tashlashlar, toshqinlar, yong‘inlar, zilzila va boshqa tabiiy ofatlar, urushlar, harbiy harakatlar, O‘zbekiston Respublikasi  va mamlakatlarning davlat organlari harakatlari, shuningdek, Tomonlarning oqilona nazoratidan tashqarida bo‘lgan har qanday boshqa vaziyatlarni o‘z ichiga oladi.

11.3. Biror Tomonning faoliyatiga bevosita yoki bilvostita taʼsir qiladigan amaldagi qonunchilik yoki normativ hujjatlardagi o‘zgarishlar, yengib bo‘lmas hodisa sifatida baholanmaydi, biroq biror Tomonning ushbu Shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishga yo‘l qo‘ymaydigan shunday o‘zgarishlar kiritilgan taqdirda, Tomonlar ushbu Shartnoma ijrosi davom ettirilishini taʼminlash uchun zudlik bilan ushbu muaamoni bartaraf etish uchun ish tartibiga oid qarorni qabul qilishlari lozim.

XII. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI

12.1. Ushbu Shartnomada taʼriflangan shartlarni bajarmaslik yoki maqbul bajarmaslik uchun Tomonlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgar hisoblanadilar.

12.2. Internet-do‘konga joylangan barcha matnli maʼlumotlar, grafik tasvirlar va xizmatlarning qonuniy mualliflari mavjud bo‘lib, mazkur maʼlumotlar va tasvirlardan noqonuniy foydalanish O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi bo‘yicha taʼqib qilinadi.

XIII. NIZOLARNI HAL QILISH TARTIBI

13.1. Ushbu Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaslik yoki maqbul tarzda bajarmaslikka oid barcha nizolarni Tomonlar o‘zaro muzokaralar yo‘li bilan hal qilishga urinadilar.

13.2. Agar muzokaralar yo‘li orqali murosaga kelinmasa, nizolar daʼvogarning istagiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga binoan quyida keltirilgan sub tartibida hal etiladi:

  1. a) jismoniy shaxslar bilan yuzaga kelgan nizolar Namangan shahar xo’jalik sudida ko‘rib chiqiladi.
  2. b) jismoniy va yuridik shaxslar bilan yuzaga kelgan nizolar O‘zbekiston Respublikasi xalqaro arbitraj va hakamlik sudlarini rivojlantirish ijtimoiy fondi qoshidagi Hakamlik sudida ko‘rib chiqiladi.
  3. c) yuridik shaxslar bilan yuzaga kelgan nizolar Namangan viloyat xo’jalik-iqtisodiy sudida ko‘rib chiqiladi.

XIV. BOSHQA SHARTLAR

14.1. Shartnomaga havola qilingan internet-do‘kondagi qoidalar va shartlarni aniqlovchi bo‘limlar ushbu Shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadi.

14.2. Mazkur Shartnomani qabul qilish orqali, Xaridor Beemall ga o‘z shaxsiy maʼlumotlarini, shu jumladan familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, jinsi, ish joyi va lavozimi, pochta manzili, uy, ish va mobil telefonlari, elektron pochta manzilini, xususan, ularni  yig‘ish, tizimlash, to‘plash, saqlash, aniqlashtirish (yangilash, o‘zgartirish), foydalanish, ularni O‘zbekiston Respublikasi hududida tarqatish va uzatish, anonimlashtirish, bloklash, yo‘q qilish, shu bilan birgalikda, mazkur shaxsiy maʼlumotlarni Sotuvchining kontragentlariga xizmatlar sifatini oshirishga yo‘naltirilgan tadqiqotlar, marketing dasturlari, statistik izlanishlar, hamda xizmatlarni Xaridor bilan har xil aloqa vositalari, jumladan va shu bilan cheklanmagan tarzda: pochta xabarnomalari, elektron pochta, telefon, faksimil aloqa, Internet tarmog‘i yordamida bevosita aloqa qilish orqali   kelgusida qayta ishlashga (jumladan ularni  yig‘ish, tizimlash, to‘plash, saqlash, aniqlashtirish (yangilash, o‘zgartirish), foydalanish, ularni O‘zbekiston Respublikasi hududida tarqatish va uzatish, anonimlashtirish, bloklash, yo‘q qilish) rozilik bildiradi va ruxsat beradi.

14.3. Xaridor Sotuvchi va uning kontragentlariga maʼlumotlar bazasini avtomatlashtirilgan tartibda boshqarish tizimlari, shuningdek Sotuvchining topshirig‘i bilan maxsus ishlab chiqilgan boshqa vositalar yordamida shaxsiy axborotlarni qayta ishlashga rozilik va ruxsat beradi. Bunday tizimlar bilan ishlash operator sozlagan algoritm (to‘plash, tizimlash, saqlash, aniqlash, foydalanish, bloklash, yo‘q qilish) bo‘yicha amalga oshiriladi. Qo‘llanadigan qayta ishlash usullari (jumladan va shu bilan cheklanmasdan): pochta kodlarini kodlar bazasi bilan solishtirish, ko‘chalar/aholi puntklari nomlarining yozilishini avtomatik tekshirish, telefon, pochta yoki Internet orqali Xaridor bilan bog‘lanib, maʼlumotlarni aniqlashtirish, sozlangan mezonlar bo‘yicha bazani segmentlash. Xaridor agar bu ushbu ofertada ko‘rsatilgan maqsadlarning bajarilishi uchun talab etilsa, uning Sotuvchiga tomonidan olingan shaxsiy maʼlumotlari, Sotuvchi Xaridorning shaxsiy maʼlumotlarini o‘zaro tuzilgan shartnomaga muvofiq qayta ishlash harakatini topshirgan uchinchi shaxslarga uzatishiga rozilik bildiradi. Bunda mazkur mazkur shaxslar shaxsiy maʼlumotlarning maxfiyligini va ularni qayta ishlashda xavfsizligini taʼminlashga oid O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga amal qilishlari shartdir. Xaridorning ko‘rsatilgan maʼlumotlarini uzatish paytida Sotuvchi uni qabul qiluvchi shaxslarni mazkur shaxsiy maʼlumotlar maxfiy va faqat xabar qilingan maqsadlardagina ishlatilishi lozimligini ogohlantiradi hamda ushbu shaxslardan mazkur qoidaning rioya etilishini talab qiladi.

14.4. Xaridor Sotuvchining pochta manziliga tegishli yozma so‘rov yuborib, undan o‘zining shaxsiy maʼlumotlari, ularning qayta ishlanishi va ishlatilishi haqida to‘liq axborotni so‘rash, shu bilan birga, xato yoki noto‘liq shaxsiy maʼlumotlarni o‘chirish yoki tuzatish/to‘ldirishni talab qilish huquqiga ega. Xaridor o‘z shaxsiy maʼlumotlarini qayta ishlashga bergan rozilik muddatsiz bo‘lib, Sotuvchining pochta manziliga tegishli yozma so‘rov yuborish orqali qaytarib olinishi mumkin.

Close
Close
Close

Savatim

Shopping cart is empty!

Continue Shopping